Moskva sudi rossiyalik generalni o‘ldirishda gumonlanayotgan O‘zbekiston fuqarosi Ahmad Qurbonovni hibsga olish bo‘yicha qaror qabul qildi.

Moskva sudi rossiyalik generalni o‘ldirishda gumonlanayotgan O‘zbekiston fuqarosi Ahmad Qurbonovni hibsga olish bo‘yicha qaror qabul qildi.
  • 7
  • 21.12.2024 11:21:00
  • 1 daq o'qish

Qurbonov o‘ta og‘ir jinoyat sodir etganlikda ayblanmoqda, bu umrbod ozodlikdan mahrum qilishga olib kelishi mumkin. Unga nisbatan “terrorizm va qurolning qonunga xilof muomalasi” moddalari bo‘yicha rasmiy ayblovlar qo‘yildi. O‘zbekiston fuqarosining ilgari sudlanmagani, oilali ekani, qaramog‘ida ikki nafar yosh bola va uch nafar voyaga yetmagan farzandi borligi ham inobatga olingan holda ikki oy muddatga hibsga olingan.

❗️ 17-dekabr kuni Rossiya qurolli kuchlari radiatsiya, kimyoviy va biologik mudofaa qo‘shinlari boshlig‘i, general-leytenant Igor Kirillov va uning yordamchisi portlatib yuborilgandi. Ushbu portlashni sodir etishda 29 yoshli o‘zbekistonlik gumonlanib, qo‘lga olingan. So‘roq paytida u, Ukraina maxsus xizmatlari tomonidan yollanib, 100 ming dollar miqdorida pul mukofoti hamda Yevropa Ittifoqiga chiqish va’da qilinganini aytgan.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News