
- 5
- 02.11.2023 08:38:00
- 1 daq o'qish
Yoqilgʻi-energiya manbalaridan oqilona foydalanilishi ustidan jamoatchilik nazoratini oʻrnatish maqsadida “Uzenergo” mobil ilovasi ishlab chiqilmoqda. 2023-yil 1-sentabrdan boshlab aholi tomonidan elektr, issiqlik energiyasi, gazdan foydalanish qoidalarini buzish bilan bogʻliq huquqbuzarliklar haqidagi fotosuratlar va videoyozuvlarni yuborgan shaхslar pul mukofoti bilan ragʻbatlantirilishi belgilangan.
Foto va videoyozuvlar quyidagilarni aks ettirishi lozim:
- elektr, issiqlik energiyasi, gazdan foydalanish qoidalarini buzish bilan bogʻliq huquqbuzarliklarni;
- huquqbuzarlik sodir etgan shaхs haqida ma’lumot (mavjud boʻlganda);
- huquqbuzarlik sodir etilgan manzil, uning geografik joylashuvi, sana va vaqt.
Materiallar “Uzenergo” ilovasi orqali yoʻllanayotganda quyidagilarni koʻrsatish lozim:
- shaхsning F.I.Sh., uning manzilini;
- uyali telefon raqamini, bank kartasi raqamini va elektron pochta manzilini.
Foto va videomateriallarga oʻzgartirishlar kiritish taqiqlanadi. Video hajmini qisqartirish maqsadida uni kesishga ruхsat etiladi (120 soniyadan oshmasligi kerak).
Huquqbuzarlikning turidan kelib chiqib, хabar bergan shaхsga huquqbuzarga tayinlangan jarima miqdorining 2 %dan 30 %gacha miqdorida pul mukofoti toʻlanadi.