Qo‘shnisining 10 yashar qiziga tegajog‘lik qilgan erkak qamoqqa olindi

Qo‘shnisining 10 yashar qiziga tegajog‘lik qilgan erkak qamoqqa olindi
  • 4
  • 13.08.2024 16:26:00
  • 1 daq o'qish

Surxondaryoda 32 yoshli erkak hech kim yo‘qligida qo‘shnisining uyiga kirib, uning 2014-yilda tug‘ilgan qiziga tegajog‘lik qilgan va bo‘lgan holatni kimgadir aytadigan bo‘lsa, qizaloqni o‘ldirishini aytib qo‘rqitgan. Qizaloqning onasi Bolalar ombudsmaniga murojaat qilib, erkakning qilgan ishlarini qizi videoga olganini, holat yuzasidan tergov organlariga xabar berganini, lekin ular tomonidan tegishli chora ko‘rilmayotganini aytib, farzandining huquqlarini himoya qilishda yordam so‘ragan. 

Bolalar ombudsmanining IIVga yuborgan so‘rovidan so‘ng erkak qamoqqa olingan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari tamomlanib, jinoyat ishi materiallari tegishli sudga yuborilgan.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News