Namanganda oilasiga pichoq bilan tahdid qilgan erkak zararsizlantirildi

Namanganda oilasiga pichoq bilan tahdid qilgan erkak zararsizlantirildi
  • 5
  • 22.07.2025 12:56:00
  • 1 daq o'qish

Ijtimoiy tarmoqlarda profilaktika inspektori oilasiga pichoq bilan tahdid qilgan mast erkakni zararsizlantirgani aks etgan video tarqaldi. Holat 16-iyul kuni Namangan shahrida sodir bo‘lgan. 1960-yilda tug‘ilgan, ilgari sudlangan A.T. mast holatda yaqinlariga xo‘jalik pichog‘i bilan tahdid qilgan. Voqea joyiga yetib borgan profilaktika inspektori Z.Tojiboyev tomonidan u jismoniy kuch bilan zararsizlantirildi. Hodisa oqibatida hech kim jabrlanmadi. Fuqaro Narkologiya bo‘limiga yotqizildi, ish sudga yuborildi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News