
- 5
- 13.04.2024 12:49:00
- 1 daq o'qish
13-aprel kuni Avstraliyaning Sidney shahrida pichoq bilan qurollangan erkak savdo markazida odamlarni pichoqladi. Guvohlar erkak katta pichoq bilan qurollanganini aytgan. Hodisa oqibatida olti kishi halok bo‘lgan, sakkiz kishi, jumladan, bir bola kasalxonaga yotqizilgan. Erkak politsiya tomonidan otib o‘ldirilgan. Uning mazkur harakatlari sababi hozircha noma’lum, huquq-tartibot idoralari uning terrorchilar bilan aloqasi bor-yo‘qligini tekshirmoqda.
Hujumda yana bir kishi ishtirok etgan bo‘lishi mumkinligi aytilmoqda, ammo bu haqda rasmiy ma’lumotlar yo‘q.