Singlisining sinfdoshini “samosud" qilgan erkak qamaldi

Singlisining sinfdoshini “samosud" qilgan erkak qamaldi
  • 7
  • 31.07.2024 14:19:00
  • 1 daq o'qish

Samarqandda maktab o‘quvchisi qiz sinfdoshiga sevgi izhor qilgani uchun uning akasi tomonidan do‘pposlanib, “samosud" qilingan edi. Mazkur holat yuzasidan gumonlanuvchiga nisbatan  jinoyat ishi qo‘zg‘atilganligi to‘g‘risida xabar bergan edik.

29-iyul kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Pastdarg‘om tuman sudida mazkur holat yuzasidan sud ishi ko‘rib chiqildi. Sudlanuvchi aybdor deb topilib, unga 1 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News