Restoran oldida erkakni urib hushidan ketkazgan mushtumzo‘r Qozog‘istonda ushlandi

Restoran oldida erkakni urib hushidan ketkazgan mushtumzo‘r Qozog‘istonda ushlandi
  • 1
  • 18.03.2025 08:56:00
  • 1 daq o'qish

Avvalroq Yakkasaroy tumanida joylashgan restoranlardan birida janjallashganlarni ajrataman deb komaga tushib qolgan erkak haqida xabar bergan edik. Uni shu ahvolga solgan va bir necha kishini , shu jumladan ayol kishini ham kaltaklagan shaxs ushlandi. 1995-yilda tug‘ilgan Akmal Shukurov tergovdan qochib yashiringan va tezkor tadbirlar natijasida Qozog‘istonda ushlandi.
Janjallashganlarni ajrataman deb hushidan ketgan erkakda 5 soatlik jarrohlik amaliyoti o‘tkazilgach, shifokorlar uni sun’iy komaga tushirgan.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News