
- 3
- 18.10.2024 21:27:00
- 1 daq o'qish
Floridalik erkak “Milton” to‘foni paytida dovuldan qochishga shoshilib itini qoldirishga majbur bo‘lgan va yo‘ldagi to‘siqqa bog‘lab ketgan. Yo‘ldan o‘tib ketayotgan haydovchi ko‘kragigacha suv bosgan jonivorni ko‘rib, politsiyaga xabar bergan va politsiya itni o‘zi bilan olib ketgan. Itning sobiq egasi hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lganlikda ayblanib, hibsga olingan. Unga besh yilgacha qamoq jazosi berilishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, oktabr oyi boshida Floridada asr to‘foni yuz berib,16 kishining umriga zomin bo‘lgandi.