
- 8
- 11.07.2024 11:46:00
- 1 daq o'qish
9- iyul kuni Toshkent shahrining Yashnabod tumanida 30 yoshli erkak nikohsiz yashagan ayol bilan janjallashib, uning birinchi turmushidan bo‘lgan o‘g‘liga pichoq bilan jarohat yetkazgan va voqea joyidan qochib ketgan. Bola kasalxonaga yetkazilgunga qadar vafot etgan.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va erkak qo‘lga olingan.
❗️ Eslatib o‘tamiz, qasddan odam o‘ldirish o‘n yildan o‘n besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.