Surxondaryoda erkak ayoli va chaqalog‘ini molxonaga qamab ushlab turgani aniqlandi

Surxondaryoda erkak ayoli va chaqalog‘ini molxonaga qamab ushlab turgani aniqlandi
  • 0
  • 04.09.2025 12:07:00
  • 1 daq o'qish

Surxondaryoning Uzun tumanida ayol va uning 5 oylik chaqalog‘i bir necha oy molxonada majburan saqlangani fosh bo‘ldi. 26-avgust kuni kelib tushgan xabar asosida profilaktika inspektori voqea joyiga borganida, xonadon egalarining qarshiligiga qaramay, molxona eshigi buzilib ochilgan. Undan ayol va chaqalog‘i og‘ir sharoitda saqlanayotgani aniqlangan. Ayol va farzandi darhol shifoxonaga joylashtirilib, ularning sog‘lig‘i nazoratga olindi. Surishtiruvda erkak va uning qarindoshlari ayolning ruhiy va nutqiy muammolaridan foydalanib unga zo‘ravonlik ko‘rsatgani ma’lum bo‘ldi.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, erkak hamda uch qarindoshi qamoqqa olingan.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News