O‘zbekistonlik erkak AQShda 19 yilga qamaldi

O‘zbekistonlik erkak AQShda 19 yilga qamaldi
  • 4
  • 17.05.2024 15:21:00
  • 1 daq o'qish

39 yoshli Sulton Nuriyev 2022-yilning 13 yanvarida AQShdan Toshkentga jo‘nagan va O‘sha yilning 20 fevralida yana AQShning Orlando shahriga qaytgan. U AQShga qaytganida bojxona va chegara xizmati xodimi uning mobil telefonini tekshirib, Nuriyevning telefonidan bolalarga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik aks etgan tasvirlar topgan.

Tekshiruvlarga ko‘ra Nuriyev O‘zbekistonda bo‘lgan vaqtida internetda o‘zini 12 yoshli bola sifatida tanishtirib, voyaga yetmagan qizlarni shahvoniy suratlar olib o‘ziga yuborishga undab kelgan. Nuriyev 2023 yilning 26 sentabrida aybiga iqror bo‘lgan.

39 yoshli Sulton Nuriyev 19 yil ozodlikdan mahrum qilinib, umrbod nazoratda bo‘lishi belgilandi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News