
- 6
- 31.07.2024 15:53:00
- 1 daq o'qish
Buxoro viloyatidagi bolalar bog‘chasi tarbiyalanuvchilari bir-biri bilan janjallashgan va ulardan birining otasi o‘g‘lini urgan bolaga tan jarohati yetkazgan. Sud-tibbiy ekspertiza natijalariga ko‘ra, bola yengil tan jarohati olgani aniqlangan. Vaziyatni ichki ishlar boshqarmasi va Bolalar ombudsmani nazoratga olgan.
Mazkur holat yuzasidan ma’muriy ish qo‘zg‘atilib, tergov ishlari olib borilmoqda.