Toshkentda yirik yong‘in sodir bo‘ldi

  • 0
  • 16.05.2025 10:52:00
  • 1 daq o'qish

 

Kecha, 15-may kuni tunda Mirobod tumani, Turkiston ko‘chasidagi vagon ta’mirlash deposida yong‘in sodir bo‘ldi. Yong‘in-qutqaruv ekipajlari soat 00:03 da yetib borib, soat 02:48 da yong‘in o’chirilgan. Qariyb 3 soat davomida o‘chirilgan yirik yong‘in sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda. Hodisa oqibatida jabrlanganlar haqida ma’lumot yo‘q.
 

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News