
- 5
- 12.02.2024 14:46:00
- 1 daq o'qish
Ketma-ket 3 kun yerni kuchli magnit bo‘ronlari qoplaydi. Magnit bo‘roni Quyoshda sodir bo‘lgan X sinfidagi chaqnashdir, bu quyosh chaqnashlari sinflarining eng kuchlisi hisoblanadi. Prognozlarga ko‘ra, 12 va 14-fevralda 5 balli, 13-fevralda esa 6 balli magnit bo‘roni kuzatilishi kutilmoqda. Bunday kunlarda hatto sog‘lom odamlar ham salomatligida o‘zgarishlar kuzatilayotganidan shikoyat qiladi. Jumladan, bosh og‘rig‘i, holsizlik, diqqatning pasayishi, asabiylashish kuzatilishi mumkin. Surunkali kasalliklarga chalingan odamlar va qariyalar o‘zini yomon his qiladi.
Magnit bo‘roni kuzatilgan kunlarda surunkali kasalliklarga chalingan odamlar va qariyalar o‘zini yomon his qiladi. Shu sabab, bunday kunlarda organizmga yordam berish uchun kuniga kamida 7-8 soat uxlash tavsiya etilgan hamda, ovqat ratsionidan yog‘li va achchiq ovqatlarni olib tashlab, kuniga kamida 2 litr suv ichish, qahva miqdorini kamaytirib, o‘simliklardan tayyorlangan choy iste’mol qilish kerak.