Jizzaxda er ayolini urib o‘ldirib qo‘ydi

Jizzaxda er ayolini urib o‘ldirib qo‘ydi
  • 7
  • 06.05.2024 13:18:00
  • 1 daq o'qish

Jizzaxda 25 yoshli ayol eri tomonidan do‘pposlanib, bo‘g‘ib o‘ldirildi. Bu haqda “Millar” dasturi xabar qildi. Marhumaning opasi singlisining oilasida doim janjal bo‘lishi, 2022-yilda janjal sabab qaytib kelgani, order olib berilganini aytgan. 3 yoshli jiyani onasini dadasi choʻp bilan urganini aytib berganini qo‘shimcha qilgan.
Mahalla xotin-qizlar faoli esa marhumani eri uylarni tozlamasligi, Telegram va Instagramʻda kimlar bilandir yozishganini aytib, janjal qilganini va bunga rashk sabab deb o‘ylashini bildirgan. 
Holat bo‘yicha jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov ishlari olib borilmoqda.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News