⚡️ Razvedka olamida tarixiy burilish: MI6’ni endi ayol boshqaradi

⚡️ Razvedka olamida tarixiy burilish: MI6’ni endi ayol boshqaradi
  • 1
  • 17.06.2025 12:13:00
  • 1 daq o'qish

 

Buyuk Britaniyaning tashqi razvedka xizmati — MI6 (Secret Intelligence Service) tarixida ilk bor ayol kishi rahbarlik lavozimiga tayinlandi. Hukumat 15-iyun kuni Blez Metreveli MI6 rahbari etib tayinlanganini e’lon qildi. U amaldagi rahbar Richard Murning o‘rnini 1-oktabrdan egallab, MI6’ning 18-boshlig‘i bo‘ladi.

1999-yilda maxfiy razvedka xizmatiga qo‘shilgan 47 yoshli Blez Metreveli hozirda MI6’ning texnologiya va innovatsiyalar bo‘limi boshlig‘i bo‘lib, avvallari ham xizmatda, ham ichki xavfsizlik uchun mas’ul bo‘lgan MI5 kontrrazvedka agentligida yuqori lavozimlarda ishlagan.

 

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News