
- 0
- 25.04.2025 12:53:00
- 1 daq o'qish
Eronda ota 18 yoshli qizini go‘zallik salonida ishlagani uchun o‘ldirdi. Marhuma otasining unga va onasiga nisbatan zo‘ravonlik qilgani sabab mustaqil yashagan, shuningdek yashirincha ayollar go‘zallik salonida ishlagan. Ota qizining ish joyini Instagram sahifasida topib, mijoz qiyofasida qo‘ng‘iroq qilib, go‘zallik saloniga kelgan va salon ichida barchaning ko‘z o‘ngida qiziga bir necha bor pichoq urgan. U qizining sochidan ushlab, boshini tanasidan judo qilmoqchi bo‘lgan, biroq atrofdagilar qichqirganida qochib ketgan.
Qotil ota qo‘lga olingan va unga nisbatan ish ochilgan.
Etemad gazetasining yozishicha, 2024-yilning mart—sentyabr oylarida Eronda 78 nafar ayol oila a’zolari tomonidan o‘ldirilgan. Raqamlar faqat xabar qilingan qotilliklarni aks ettiradi va haqiqiy raqamlar ancha yuqori bo‘lishi mumkin.