
- 0
- 07.08.2025 09:20:00
- 1 daq o'qish
Xitoylik 18 yoshli Jiang Chengnan universitetga qabul qilingani haqidagi xabarni eshitgach, 8 kunlik komadan hushiga keldi. U iyul boshida imtihon topshirganidan so‘ng yurak yallig‘lanishi (fulminant miokardit) sabab kasalxonaga yotqizilgan.
Hozirda uning ahvoli barqaror, umumiy palataga ko‘chirilgan. Jiang sentabrda universitetda o‘qishni boshlashga tayyorlanmoqda.