🦊 Saxalinda tulki sayyohning telefonini o‘g‘irlab ketdi

🦊 Saxalinda tulki sayyohning telefonini o‘g‘irlab ketdi
  • 0
  • 08.07.2025 16:21:00
  • 1 daq o'qish

 

Saxalin orolida sayyoh tulkini videoga olishga urinayotganida kutilmagan voqea yuz berdi. Erkak telefonini hayvonga yaqin tutib, “mana ol” deb hazillashgan. Ammo tulki hazilni jiddiy qabul qilib, “senmi men bilan hazillashadigan” deganday smartfonni tishlab olib qochdi. 
Voqea aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tez tarqalib, ko‘pchilikni kuldirdi. Tarmoq foydalanuvchilari hazil bilan: “Tulki o‘ch oldi!”, “Tulki ham bloger bo‘lmoqchi”deb izohlar qoldirishgan.

 

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News