Geometriyaga zid futbol maydoni

  • 0
  • 12.06.2025 07:42:00
  • 1 daq o'qish

Rossiyaning Balashixa shahrida bir necha kun avval noodatiy futbol maydoni paydo bo‘ldi. Rechnoy ko‘chasida joylashgan futbol maydonning bir qismi quvurlarni ta’mirlash uchun kovlab tashlangandi. Ishlar tugagach, ishchilar maydonni to‘liq tiklash o‘rniga, qolgan qismini “zabor” bilan o‘rab qo‘yishdi.
Natijada futbol maydoni noodatiy shakl – olti burchakli ko‘rinishga keldi. Bu holat ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamaga, kulgiga sabab bo‘ldi.
Internetdagi tanqid va muhokamalardan so‘ng, ishchilar qaytib, “zabor”ni bir necha metr siljitishdi va maydon yana kvadrat shaklga keltirildi.

Sizga qaysi biri yoqdi? Izohlarda yozib qoldiring

 

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News