Toshkent viloyatida 3 gektar yer maydoniga o‘t ketdi

Toshkent viloyatida 3 gektar yer maydoniga o‘t ketdi
  • 5
  • 22.06.2023 09:12:00
  • 1 daq o'qish

Favqulodda vaziyatlar vazirligining maʼlumot berishicha, kecha, 21-iyun kuni soat 20:43 da Toshkent viloyati, Chinoz tumanidagi fermer xo‘jaligidan birining hududida taxminan 3 gektar g‘alladan bo‘shagan yer maydoni yongan (M-39 avtomobil yo‘li bo‘yida).

Voqea joyiga 1 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 21:00 da yetib borib, yong‘in soat 21:15 da o‘chirilgan. 

"Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q. Hozirda yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda", – deyiladi vazirlik xabarida.

Manba: xabardor.uz

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News