Islom sivilizatsiyasi markazi va Minorai Kalon yaqinida yong‘in yuz berdi

Islom sivilizatsiyasi markazi va Minorai Kalon yaqinida yong‘in yuz berdi
  • 0
  • 19.08.2025 11:12:00
  • 1 daq o'qish

Bugun Toshkent shahrida joylashgan Islom sivilizatsiyasi markazida va Minorai Kalon yaqinidagi oshxonada yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar qilmoqda.
Ma’lum qilinishicha, 19-avgustga o‘tar kechasi ikki qavatli oshxonada yong‘in yuz bergan. Voqea joyiga 5 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji yuborilgan. Ular 00:49 da hodisa joyiga yetib borgan. Yong‘in 01:50 da butunlay o‘chirilgani aytilmoqda. 
Islom sivilizatsiyasi markazida esa kunduzi qurilish mahsulotlari yonayotgani haqida xabar berildi. Vazirlikka ko‘ra, yong‘in-qutqaruv ekipajlari yong‘inni o‘chirmoqda. Ikkala holatda ham jarohat olganlar yo‘q.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News