
- 3
- 08.06.2023 12:03:00
- 1 daq o'qish
Toshkent shahar Yunusobod tumanida joylashgan Dehqon bozorida yong‘in sodir bo‘lganligi aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarga sizdirildi. Ushbu holat yuzasidan FVV Axborot xizmati izoh berdi.
Bugun, 8 iyun kuni soat 12:50 atrofida Toshkent shahar Yunusobod tumani A.Temur ko‘chasida joylashgan do‘kon va dorixonada yong‘in sodir bo‘lganligi to‘g‘risida shahar FVBga xabar tushgan.
Voqea sodir bo‘lgan joyga 5 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 12:58 da yetib borgan va yong‘in soat 13:04 da o‘rab olinib, soat 13:09 da o‘chirilgan.
Yong‘in natijasida do‘kon va dorixonaning taxminan 80 kv.m. maydonda old tomon alkapon qismi yonib zararlangan. Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q. Yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Manba: uznews.uz