Toshkentdagi “Ekobozor”da yong‘in sodir bo‘ldi

Toshkentdagi “Ekobozor”da yong‘in sodir bo‘ldi
  • 5
  • 28.10.2023 08:07:00
  • 1 daq o'qish

Bugun, 28 oktabr kuni soat 06:58 da Toshkent shahar Shayhontohur tumani «Bo‘ston» MFY, Beruniy ko‘chasida joylashgan «Ekobozor» majmuasida yong‘in sodir bo‘ldi.

Beshta yong‘in-qutqaruv ekipaji voqea joyiga yetib borib, yong‘in o‘chirilgan. 

Yong‘in natijasida savdo majmuasining 80 kv.m tashqi devor qoplamasi qismi va shu joydagi kafening 70 kv.m maydonida ichki va tom qismi yonib zararlangan. Savdo majmuasining 7000 kv.m maydoni yong‘indan saqlab qolingan.

Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.

Yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Manba: xabar.uz

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News