
- 4
- 27.03.2023 13:39:00
- 1 daq o'qish
Hindiston poytaxti Nyu-Dehli shahrida ayollar o‘rtasida boks bo‘yicha Jahon Chempionati o‘z yakuniga yetdi. Unda ishtirok etgan O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Navbahor Hamidova bronza medali bilan taqdirlandi.
Bokschimiz chorak finalda jazoirlik Imane Halifga imkoniyatni boy bergandi. Biroq keyinchalik jazoirlik bokschi diskvalifikatsiya qilindi va uning o‘rniga Hamidova yarim finalchi sifatida qayd etildi.
Ma’lum bo‘lishicha, Imane Halif topshirgan testoteron tekshiruvlari natijasida uning erkak kishi ekanligi aniqlangan.

