Samarqanda bir oila konservadan zaharlandi

Samarqanda bir oila konservadan zaharlandi
  • 4
  • 09.11.2024 13:48:00
  • 1 daq o'qish

Samarqand viloyati Past Darg‘om tumanida yashovchi bir oilaning to‘rt nafar a’zosi botulizmdan zaharlanib, oilaning kenja farzandi vafot etdi. Oilaning to‘rt nafar a’zosi – er-xotin va ikki bola uy sharoitida tayyorlangan konserva mahsulotlarini iste’mol qilgan va ularning sog‘ligi yomonlashgan. Shundan so‘ng ular shifoxonaga yotqizilgan va tekshiruvlarda botulizmdan zaharlanishgani aniqlangan. Shifoxonada oilaning kenja farzandi vafot etgan. Shifokorlar bola boshqa kasallikdan vafot etganini aytgan. Bolaning onasi ham u o‘sha kuni konserva mahsuloti yemaganini, unda sudurgi kasalligi bo‘lganini ma’lum qilgan. Tuman SES xodimi esa bola ham zaharlanishdan vafot etgani va yuqumli kasalliklar shifoxonasi shifokorlari unga tashxis qo‘yishda adashganini ta’kidlamoqda.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News