Mashina raqami o‘rniga ismini qo‘yib harakatlangan haydovchi jazolandi

Mashina raqami o‘rniga ismini qo‘yib harakatlangan haydovchi jazolandi
  • 0
  • 18.09.2025 16:09:00
  • 1 daq o'qish

Sirdaryoda yuk mashinasiga “20 FARRUX” yozilgan soxta davlat raqami taqib olgan haydovchi aniqlanib, unga chora ko‘rildi.
Viloyat YHXB xabariga ko‘ra, fuqaro davlat raqam belgisini yasama yoki o‘zga usullarda o‘zgartirib, avtomobil yo‘llari bo‘ylab harakatlangan va qo‘lga olingan. Haydovchi qonunbuzarligini tan olib, uzr so‘radi. Unga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi, transport vositasi esa jarima maydoniga qo‘yildi. Qonunga ko‘ra, bunday qoidabuzarlik uchun bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravari miqdorida jarima belgilangan.

2026-yil 1-yanvardan boshlab oltitagacha harf va (yoki) raqamlar kombinatsiyasidan iborat bo‘lgan “noyob” davlat raqami belgilarini kimoshdi elektron savdolari orqali sotish boshlanadi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News