
- 11
- 02.11.2023 13:15:00
- 1 daq o'qish
Ushbu qonunning maqsadi harbiy xizmat nazarda tutilgan vazirlik va idoralar, boshqa organlar va tashkilotlar harbiy xizmatchilarining huquqlari, majburiyatlari, javobgarligi va harbiy xizmatni o‘tash bilan bog‘liq cheklovlarni, shuningdek, harbiy xizmatchilar va harbiy xizmatdan bo‘shatilgan fuqarolar hamda ularning oila aʼzolarini huquqiy va ijtimoiy himoya qilish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Qonun loyihasi bilan:
- harbiy xizmat nazarda tutilgan vazirlik va idoralar, boshqa organlar va tashkilotlarning oddiy askar, serjant va ofitserlar tarkibiga mansub kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilarini hamda ularning oila a’zolarini;
- oliy harbiy ta’lim muassasalarining kursantlari (tinglovchilari)ni;
- muddatli harbiy xizmat harbiy xizmatchilarini;
- safarbarlik chaqiruvi rezervidagi harbiy xizmat harbiy xizmatchilarini;
- harbiy yig‘inni o‘tayotgan rezervdagi va zaxiradagi harbiy xizmatga majburlarni;
- halok bo‘lgan (vafot etgan) harbiy xizmatchilarning oila a’zolarini huquqiy va ijtimoiy jihatdan muhofaza qilish belgilanmoqda hamda shu kabi boshqa asosiy masalalarni tartibga solish nazarda tutilmoqda.
“Harbiy xizmatchilar maqomi va ularni ijtimoiy himoya qilish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi 4 ta bob, 38 ta moddadan iborat.
Birinchi bobda umumiy qoidalar, ikkinchi bobda harbiy xizmatchilarning huquq va erkinliklari belgilangan. Uchinchi bobda harbiy xizmatchilarning majburiyatlari va javobgarligi, to‘rtinchi bobda yakunlovchi qoidalar yoritilgan.