Toshkentda shifokor bemor tomonidan kaltaklandi

Toshkentda shifokor bemor tomonidan kaltaklandi
  • 13
  • 29.07.2024 17:27:00
  • 1 daq o'qish

27-iyul kuni poytaxtdagi 1-son shahar klinik shifoxonasiga olib kelingan bemor xirurgik amaliyot vaqtida bemor shifokorga jiddiy qarshilik koʻrsata boshlagan va tibbiyot xodimiga tarsaki tushirib, uni haqorat qilgan. Tinchlantirishga urinishlar samara bermagach, u operatsion stoldan tushib, shifokorni qattiq doʻpposlay boshlagan. Bemorga uning o‘rtoqlari ham yordamlashgan, operatsion blokka kelgan bir shifokor ham ayovsiz doʻpposlangan. Buning oqibatida shifokor hushidan ketib, karaxtlik-koma holatiga tushgan va reanimatsiya boʻlimiga yotqizilgan.

Ikki nafar shifokorga tan jarohati yetkazgan shaxslarga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Gumonlanuvchilar protsessual tartibda ushlangan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.
 

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News