
- 2
- 17.06.2024 14:30:00
- 1 daq o'qish
Yaponiyada streptokokk A guruhiga kiruvchi “yirtqich virus” tarqalmoqda. U inson hayotiga 48 soat ichida nuqta qoʻyishi mumkin.
Joriy yilning 2-iyuniga qadar virus bilan kasallanganlar soni 977 taga yetgan va bu oʻtgan yilgi antirekorddan (941 ta) oshib ketgan.
Ushbu turdagi streptokokklar, odatda bolalarda angina deb ataladigan tomoq shishi va ogʻrigʻiga sabab boʻladi. Boʻgʻimlarda ogʻriq va shish, yuqori isitma, past qon bosimi, shuningdek, nafas olishdagi muammolari, toʻqimalar nekrozi hamda organlar tizimi yetishmovchiligi kasallikning asosiy belgilari hisoblanadi.
Hozirgi kasallikning tarqalishi yil oxirigacha 2,5 ming kishiga yetishi mumkin, oʻlim darajasi esa 30 foizni tashkil etadi.