
- 4
- 18.07.2025 14:46:00
- 1 daq o'qish
Toshkent viloyatidagi do‘konlardan birida 16-iyul, tungi soat 02:46 atrofida o‘g‘rilik sodir etildi. Uch nafar noma’lum shaxs yuzlarini qo‘lbola mato bilan niqoblanib, davlat raqamisiz Captiva avtomobilida do‘kon oldiga kelgan. Ular to‘lov terminalini demontaj qilib, mashina saloniga ortib, hodisa joyidan yashiringan. O‘g‘rilik holati do‘kon yonidagi kuzatuv kamerasiga yozib olingan.
Hozirda ushbu holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov ishlari olib borilmoqda. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, holat yuzasidan surishtiruv ishlari davom etmoqda.