Denovda voyaga yetmagan qizga uylangan yigitga jinoyat ishi ochildi

Denovda voyaga yetmagan qizga uylangan yigitga jinoyat ishi ochildi
  • 0
  • 25.09.2025 09:11:00
  • 1 daq o'qish

Avvalroq Surxondaryoda 15 yoshli qizini erga bergan ona jarimaga tortilgani haqida xabar berilgandi.  Bolalar ombudsmani 15 yoshli qizga uylangan 28 yoshli yigit va ularga shar’iy nikoh marosimini o‘tkazgan shaxsga jinoyat ishi ochilganini ma’lum qildi.
Qiz voyaga yetmaganligi bois nikoh rasmiy qayd etilmagan. Fuqaro I.M. moddiy manfaat evaziga marosimni o‘tkazgani uchun, yigit esa 16 yoshga to‘lmagan shaxs bilan jinsiy aloqa qilish moddalari bilan javobgarlikka tortilmoqda.
Holat yuzasidan tergov ishlari olib borilmoqda, qizning ta’limi va huquqlari mutasaddilar nazoratiga olingan.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News