Samarqanddagi milliy tabiat bog‘ida yuz bergan yong‘in bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Samarqanddagi milliy tabiat bog‘ida yuz bergan yong‘in bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
  • 3
  • 15.01.2024 15:23:00
  • 1 daq o'qish

Samarqandda joylashgan “Zarafshon” milliy tabiat bog‘i hududida yong‘in sodir bo‘ldi.
Yong‘inni o‘chirishga 6 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji jalb qilingan. Ma’lum qilinishicha, hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar to‘g‘risida xabarlar kelib tushmagan.

Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, yong‘in oqibatida yetkazilgan zarar miqdori 120,7 million so‘m.
Holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bosh prokuratura tergov jarayonini nazoratga olgan.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News