“Taftish.uz” sayti sobiq rahbari G‘ayrat Aberayevga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

“Taftish.uz” sayti sobiq rahbari G‘ayrat Aberayevga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
  • 8
  • 07.11.2023 18:50:00
  • 1 daq o'qish

Ijtimoiy tarmoqda prokuratura departamentining Shofirkon tuman bo‘limi tomonidan (aytilishicha, “Taftish.uz” saytining sobiq rahbari)  fuqaro Gʻayrat Aberayevga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani haqida xabar tarqaldi.

Departamentning Shofirkon tuman bo‘limi tomonidan fuqaro Gʻ.Aga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Aytishlaricha, “Taftish.uz” axborot agentligi sobiq rahbari Gʻ.A tuman hududida yashovchi fuqarolarni aldab, agentlikning ijtimoiy tarmoqlardagi kanali orqali ularning muammolarini hal qilib berish evaziga, juda ko‘p miqdordagi pullarini olib, shaxsiy extiyojlariga ishlatib yuborgan.

Ushbu masalaga aniqlik kiritish bo‘yicha ish olib borgan O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi Buxoro viloyati bo‘limi raisi Baxtiyor Asadovning ma’lum qilishicha, haqiqatdan ham Bosh prokuratura huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Shofirkon tuman bo‘limi tomonidan Gʻayrat Aberayevga nisbatan beshta holat bo‘yicha jinoyat ishi ochilgan.

Kuni kecha, 6-noyabr kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Peshku tuman sudi tomonidan Gʻ.Aberayevni qamoqqa olish to‘g‘risida ajrim chiqarilgan. Ayni kunda Peshku tuman IIB tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Xabarlarga ko‘ra, Gʻ.Aberayev Taftish.uz saytining muassisi hisoblangan “Elita Media” MCHJ rahbari hisoblanadi.

 

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News