
- 4
- 28.09.2023 10:06:00
- 1 daq o'qish
IIV portlash hodisasi yuzasidan bayonot bilan chiqdi. IIV bergan ma’lumotga ko‘ra, joriy yilning 28 sentyabr kuni soat 02:43 da Sergeli tumani Xonobod ko‘chasi 3-uy manzilida joylashgan “Inter Logistics“ MCHJga qarashli 18,4 gektar yer maydonda joylashgan omborxonada taxminan 10 000 kv.m. maydonda yong‘in kelib chiqqan.
Yong‘inning zarba to‘lqini natijasida omborxona atrofida joylashgan bir nechta ko‘p qavatli uylarga, binolarga va transport vositalariga shikast yetgan hamda fuqarolar jarohatlangan.
Mazkur holat yuzasidan IIV Tergov departamenti tomonidan JKning 259-moddasi (yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzish) 2-qismi “a” va ”b” bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Hozirda jinoyat ishi yuzasidan tegishli idoralarning mutaxassislaridan iborat tergov-tezkor guruhi tuzilgan bo‘lib, yong‘in kelib chiqish sabablarini aniqlash maqsadida sudga oid tegishli ekspertizalar tayinlangan hamda kechiktirib bo‘lmaydigan tergov harakatlari amalga oshirilmoqda.
Manba: uznews.uz