
- 0
- 23.07.2025 15:23:00
- 1 daq o'qish
Ijtimoiy tarmoqlarda sigir ko‘chada o‘ynab yurgan bolani va uni himoya qilmoqchi bo‘lgan onasini suzib, tepkilab tashlagani aks etgan video tarqaldi. Holat, 16-iyul kuni Namanganning Yangiqo‘rg‘on tumanida sodir bo‘lgan bo‘lib, fuqaro o‘ziga tegishli qoramollarni boshqarib uyga olib kelayotgan vaqtida, sigirlardan biri ko‘cha oldida o‘ynab yurgan 2023-yilda tug‘ilgan qizchani va uni himoya qilmoqchi bo‘lgan onasini suzib, jarohatlagan. Tibbiy ekspertiza xulosasiga ko‘ra, onaga o‘rtacha og‘ir, bolaga esa yengil tan jarohati yetgan. Shifoxonada birinchi yordam ko‘rsatilgach, ular uy sharoitida davolanish uchun javob berilgan.
Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.