
- 6
- 12.07.2024 17:08:00
- 1 daq o'qish
10-iyul kuni Avstraliyada er-xotin harbiy sirlarni Rossiyaga oshkor qilgani uchun hibsga olindi. Ular josuslikda ayblanmoqda. Brisbenlik 40 yoshli Kira Korolev Avstraliya armiyasida xizmat qilgan. Uning 62 yoshli eri Igor Korolev esa oddiy ishchi.
Ayolning xorijga noqonuniy sayohatlari chog‘ida Rossiya rasmiylari bilan maxfiy ma’lumotlarni almashishga harakat qilgani gumon qilinmoqda.
Agar ularning aybi isbotlansa, 15 yillik qamoq jazosiga hukm qilinishlari mumkin.