O‘zbekiston va Britaniya mudofaa idoralari o‘rtasida hamkorlik rejasi imzolandi

O‘zbekiston va Britaniya mudofaa idoralari o‘rtasida hamkorlik rejasi imzolandi
  • 8
  • 18.09.2023 07:14:00
  • 1 daq o'qish

Londonda O‘zbekiston va Buyuk Britaniya mudofaa idoralari o‘rtasida 2024 yilga mo‘ljallangan hamkorlik rejasiga qo‘l qo‘yildi.

Londonda O‘zbekiston va Buyuk Britaniya mudofaa idoralari vakillari ishtirokida navbatdagi qo‘mondonlik-shtab muzokaralari bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo”.

Uchrashuv davomida tomonlar hamkorlikning bugungi holatini muhokama qildilar va uni rivojlantirishning istiqbolli yo‘nalishlarini belgilab oldilar. Xalqaro va mintaqaviy xavfsizlik, jumladan, Afg‘onistonning dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Maslahatlashuvlar yakunida 2024-yilga mo‘ljallangan hamkorlik rejasi imzolandi.

Manba: Kun.uz

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News