Prezident raisligida yig‘ilishda, yoshlar bilan ishlashda mutlaqo yangi tizim joriy etiladi

Prezident raisligida yig‘ilishda, yoshlar bilan ishlashda mutlaqo yangi tizim joriy etiladi
  • 4
  • 11.04.2023 15:59:00
  • 1 daq o'qish

Prezident boshchiligidagi yig‘ilish davom etmoqda. 

Yig‘ilishda yoshlar bilan ishlash bo‘yicha mutlaqo yangi tizim joriy qilinishi ta’kidlandi.

14 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlarning ijtimoiy ahvoli, qobiliyati va qiziqishlari o‘rganilib, ular 3 toifaga ajratildi. Endilikda ular bilan manzilli, aniq mezonlar asosida ishlanishi ta’kidlandi.

Bunda:

- yaxshi o‘qiyotgan, tadbirkorligini yo‘lga qo‘ygan, rasmiy sektorda ishlaydigan, qobiliyati bor, ijtimoiy faol bo‘lgan 4,4 million yoshlar «yaxshi» toifaga;

- turmush taqozosi bilan rasmiy sektordan ish topa olmagan, lekin iqtisodiy faol 4,6 million yosh «o‘rta» toifaga kiritildi;

- davlatning g‘amxo‘rligi va e’tiborini kutayotgan hamda ko‘makka muhtoj 396 ming nafar yoshlar «ahvoli og‘ir» toifasiga alohida ajratib olindi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News