
- 11
- 12.08.2024 09:33:00
- 1 daq o'qish
Ostonada mintaqa davlatlarining vakolatli ommaviy axborot vositalari vakillari maslahat yig‘ilishi bo‘lib o‘tib, tadbirda Qozog‘iston, Tojikiston, O‘zbekiston va Qirg‘iziston vakillari ishtirok etdi. Yig‘ilishda ommaviy axborot vositalari sohasida global muammolarga qarshi kurashish bo‘yicha birgalikda harakat qilishi kerakligi va asosiy masalalardan biri Markaziy Osiyoda yagona axborot makonini yaratish muhokama qilingan. Tomonlar axborot xavfsizligi va madaniy almashinuvni mustahkamlash uchun mintaqaviy umumiy telekanal va media platforma yaratish g‘oyalarini ko‘rib chiqqan.