Xitoyda ishga borishni istamaydiganlar uchun klinika ochildi

Xitoyda ishga borishni istamaydiganlar uchun klinika ochildi
  • 3
  • 22.07.2025 10:31:00
  • 1 daq o'qish

Xitoyning Xebey viloyatida ishga borishni istamayotgan, charchoq va ruhiy tushkunlikdan aziyat chekayotganlar uchun maxsus klinika ish boshladi. Bu yerda insonlarga kasbiy charchoq, hissiy toliqish va ishsizlikdan kelib chiqqan ruhiy bosimlarni yengishga yordam beriladi. Klinika rasmiy “depressiya” yoki “xavotirli buzilish” kabi tashxislardan qochib, bemorlarni stigmatizatsiya qilmaslikka harakat qiladi. Shifokorlar har bir bemorga alohida yondashadi: avval tibbiy ko‘rik va suhbat, keyin esa shaxsiy terapiya rejasi tuziladi.
Bu g‘oya ilgari bolalar uchun ochilgan “Maktabga bormaslik klinikasi” asosida yaratilgan va ijtimoiy tarmoqlarda katta qiziqish uyg‘otmoqda.

Ushbu postni ishga borishni xohlamaydigan tanishlaringizga yuborib qo‘ying!

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News