
- 7
- 07.07.2023 13:19:00
- 1 daq o'qish
Qolaversa, tabiatga yetkazilgan 25 mln so‘m zarar ham qoplanishi belgilangan. Ekologiya vazirligi Matbuot xizmatining xabariga ko‘ra, Jizzax viloyati Zafarobod tumani "Yorqin" MFY hududida profilaktik reyd tadbiri o‘tkazilgan.
Tadbir davomida, Sirdaryo viloyatida yashovchi shaxs tegishli ruxsatnomasiz jami 3 tup ignabargli daraxtlarni noqonuniy kesganligi aniqlangan. Natijada fuqaro "O‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida"gi Qonunning 4, 37 va 49-moddalarini buzgan.
Mazkur holat yuzasidan MJtKning 79-moddasi 1-qismi bilan bayonnoma tuzilib, 1 650 000 so‘m miqdorida jarima tayinlangan.
Shuningdek, huquqbuzar o‘simlik dunyosiga yetkazilgan 25 million 740 ming so‘m zararni ham to‘laydi,- deyiladi xabarda.
Manba: uznews.uz