
- 0
- 22.09.2025 07:43:00
- 1 daq o'qish
Avvalroq Toshkent shahrida Xitoy fuqarosi mushukni idishda ushlab, qaynoq suv quyib qiynagani haqida xabar berilgan edi.
Mazkur ish 18-sentabr kuni Yakkasaroy tuman sudida ko‘rib chiqilib, xitoylik Y.Z.ga 5 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan. Uning advokatlari jazoni jarimaga almashtirish bo‘yicha apellyatsiya shikoyati bergan bo‘lsa-da, 20-sentabr kuni Toshkent shahar jinoyat sudida shikoyat rad etildi va qamoq jazosi o‘z kuchida qoldi.