Jizzaxda bola hojatxonaga chuquriga tushib ketdi

Jizzaxda bola hojatxonaga chuquriga tushib ketdi
  • 0
  • 05.09.2025 14:57:00
  • 1 daq o'qish

4-sentabr kuni soat 16:07 da Baxmal tumani, "Qutlug‘obod" MFY Yo‘ldoshboy qishlog‘idagi aholi yashash xonadonlarining birida fuqaro ehtiyotsizlik oqibatida hojatxona chuquriga tushib ketgan. O‘sha vaqtda bolaning yonida hech kim bo‘lmagan. U yonida bo‘lgan mobil telefoni orqali  “112” qisqa raqamiga qo‘ng‘iroq qilgan.

Xabarga asosan zudlik bilan voqea joyiga yetib borgan Baxmal tumani FVB qutqaruvchilari tezkorlik bilan bolani hojatxona chuquridan xavfsiz olib chiqishgan. Bolaning ahvoli yaxshi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News