
- 0
- 08.08.2025 10:03:00
- 1 daq o'qish
Ijtimoiy tarmoqlarda 2025-yil 7-avgust kuni Chilonzor tumanida 2006-yilda tug‘ilgan А.А. ismli shaxs yalang‘och holda jamoat joyida harakatlangan videosi keng muhokamalarga va fuqarolarning e’tiroziga sabab bo‘ldi.
Toshkent shahar IIBB ma’lumotiga ko‘ra, u mast holatda ko‘p qavatli uylar oldidagi o‘rindiqda uxlayotganida hududiy profilaktika inspektori tomonidan aniqlangan. Holat joyida rasmiylashtirilib, unga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi “Mayda bezorilik” bilan bayonnoma tuzildi. Holat bo‘yicha ish sudga yuborilgan.