
- 0
- 23.09.2025 07:55:00
- 1 daq o'qish
Qozog‘istonning Olmaota viloyatida bir xo‘jalikka qarashli 1000 dona tuya ishtirokida ulkan karvon tashkil etildi. Karvon maxsus bir kilometr masofani bosib o‘tdi va bu tadbir “Guinness World Records” vakillari ishtirokida qayd etildi. Avvalgi rekord 2022-yilda Xitoyda o‘rnatilgan bo‘lib, o‘shanda karvonda 365 ta tuya qatnashgandi.