
- 4
- 10.06.2024 10:30:00
- 1 daq o'qish
Ertalabki yong‘indan keyin pasport va manzil bilan bog‘liq xizmatlarni ko‘rsatishda uzilishlar kuzatilmoqda. Atrofdagi mahallalar ham vaqtincha elektrsiz qolgan.
O‘zbekiston Adliya vazirligi matbuot xizmati Ichki ishlar vazirligi binosi yonidan o‘tgan yerosti kabellaridagi yong‘in sababli Davlat xizmatlarida pasport va manzil bilan bog‘liq xizmatlarni ko‘rsatishda uzilishlar bo‘layotganini ma’lum qildi.
Bundan oldinroq Toshkent shahri markazida yong‘in ro‘y berishi oqibatida qator ko‘chalarda svetoforlar ishlamay qolgani ma’lum bo‘lgandi.