
- 13
- 26.10.2023 08:04:00
- 1 daq o'qish
Xalq orasida soxta trener deya tanqidlarga uchragan buxorolik Islom Ibrohimov firibgarlikda ayblanib, qidirilmoqda.
IIV vazirligining rasmiy vab-saytida Ibrohimov Islom Ikrom o‘g‘lining qidiruvga berilgan.
“Quyidagi shaxs haqida ma’lumotga ega bo‘lsangiz 102 yoki 1102 raqamiga murojaat qilishingizni so‘raymiz”, — deyiladi xabarda.
Ibrohimov Islom Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi "a" bandi bilan ayblangan.
Mazkur moddaga ko‘ra, BHMning 400 baravaridan 600 baravarigacha (132 mln.dan 198 mln.gacha) miqdorda jarima yoki 8 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilangan.
O‘tgan yili Islom Ibrohimov Business Invest nomi bilan biznesga o‘rgatuvchi markaz ochib, tadbirkorlarga biznesni rivojlantirishni o‘rgatish bilan shug‘ullangan. Shuningdek, YouTube'dagi sahifasi orqali turli motivasion videolari bilan tanilgan.
Ammo, Subyektiv loyihasining soxta biznes-trenerlar haqidagi sonidan so‘ng, Islom Ibrohimovning chiqishlari odamlar orasida keng tanqidlarga uchradi.