🤑 AQShda boylar uchun bunker quriladi

🤑 AQShda boylar uchun bunker quriladi
  • 16
  • 27.01.2025 08:15:00
  • 1 daq o'qish

 

 

AQSHda yadro urushi yuz bergan taqdirda dunyoning eng boy insonlari himoyalanishi uchun Aerie (“Burgut uyasi”) nomli “qiyomat bunkeri” quriladi. Bunkerning qiymati 300 million dollarni tashkil etadi. 
“Qiyomat bunkeri”da dunyoning eng boy 625 kishisi yashirinishi mumkin. Bunker suzish havzalari, bouling, qoyaga chiqish devori, shuningdek, sun’iy intellektga asoslangan sog‘liqni saqlash tizimlarini o‘z ichiga oladi. Bunker devorlarini portlashga chidamli qilish, ichkarisida esa qurolli soqchilar va zamonaviy harakat sensorlarini joylashtirish rejalashtirilmoqda.
Ushbu qurish rejalarini SAFE (Strategically Armored & Fortified Environments) kompaniyasi e’lon qildi. Loyiha 2026-yilda ishlab chiqilishi kutilmoqda.

 

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News