
- 0
- 22.08.2025 12:44:00
- 1 daq o'qish
Toshkentning Chilonzor tumanida buqa ko‘chaga chiqib, odamlar va huquq-tartibot xodimlariga hujum qildi. Poytaxt IIBB ma’lumotiga ko‘ra, buqa qushxonadan qochib ketib, stress holatida odamlarga tashlangan. Uni qo‘lga olish jarayonida esa patrul avtomobiliga shikast yetkazib, inspektorni jarohatlagan.
Vaziyat Toshkent shahar IIBB rahbariyati tomonidan shaxsan nazoratga olingan. Jamoatchilik xavfsizligini ta’minlash maqsadida buqa o‘qotar qurol yordamida otib o‘ldirilgan.